O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi “O‘zbekneftegaz” AJga rais etib tayinlandi

Bahrom Ashrafxanov 2016-yildan boshlab diplomatik vakolatlarini amalga oshirgandi, u yangi lavozimda Alisher Sultonovni almashtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashraxanov “O‘zbekneftegaz” kompaniyasi boshqaruv raisi etib tayinlandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri TIVga asoslangan holda.

Toshkentdagi Rossiya elchixonasi migratsiya va konsullik masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazadi

Ashrafxonov 2016-yil fevralidan buyon O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi. U Moliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, 2005—2007 yillarda Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2007-yildan 2016-yilgacha Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Ashrafxanov yangi lavozimda Alisher Sultonovni almashtirdi. Sultonov shu yil 20-avgustida hukumat kortejida Bekoboddan Toshkentga kelayotganda YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizilgandi.