Afg‘onistonda bir kunda 70 nafar jangari yo‘q qilindi

O‘tgan kuni afg‘on milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari 12 ta hujum operatsiyalarini amalga oshirishdi.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Afg‘onistonda milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari va havo qo‘shinlari hamkorlikda o‘tkazilgan operatsiyalar natijasida o‘tgan sutka davomida 67 nafar jangari yo‘l qilindi, deb xabar qildi RIA Novosti Tolo news telekanali xabariga asosan.

Afg‘onistonda aviazarba natijasida 18 nafar “Tolibon” jangarlari yo‘q qilindi

“O‘tgan 24 soat ichida afg‘on milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari 12 ta hujum operatsiyalarni amalga oshirishdi. Maxsus bo‘linmalar 114 ta jangovar topshiriqlarni bajarishdi. Afg‘oniston havo qo‘shinlari mamlakat bo‘ylab jangarilarining pozitsiyalari bo‘yicha 12-marta zarba berishdi. Ushbu operatsiyalar natijada 67 nafar jangari yo‘q qilindi”, - deyilgan xabarda.

Afg‘on mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 28 nafar jangari jarohatlangan. Shu bilan birga, operatsiya davomida ularga tegishli qurol ham yo‘q qilindi.

Afg‘onistonda hukumat harbiy kuchlari va “Tolibon” harakatining jangarilari o‘rtasida shiddatli kurash ketmoqda.

“Tolibon” bundan avval mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududni egallagan, endi esa yirik shaharlarga hujumga o‘tdi. Shuningdek, mamlakat hududida “IShID” terrorchilik uyushmasi ta’siri kuchaydi.

Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari hamkorlikda terrorizmga qarshi  qurashish bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab operatsiyalar o‘tkazishmoqda.