TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti hamda huqumat va vazirliklar o‘rtasida hujjatlar imzolandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini imzoladilar.
Shuningdek, ikki mamlakat hukumat va vazirliklari o‘rtasida qator ikki tomonlama muhim hujjatlar imzolandi:
O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Fanlar akademiyalari o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Davergeodezkadastr qo‘mitasi va Belarus Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi o‘rtasida idoralararo hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida idoralararo sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Belarus Respublikasi Davlat sud ekspertizasi qo‘mitasi o‘rtasida idoralararo sud-tibbiy faoliyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Belarus Respublikasi Madaniyat vazirligi o‘rtasida idoralararo madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Belarus Respublikasi Ta’lim vazirligi o‘rtasida idoralararo oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi o‘rtasida idoralararo qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi o‘rtasida hukumatlararo fan va texnologiyalar sohasida bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Belarus Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasida hukumatlararo bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim hamda hukumatlararo o‘zaro savdoga ko‘maklashish tizimi to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Belarus Respublikasi Davlat harbiy sanoat qo‘mitasi o‘rtasida davlatlararo harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi o‘rtasida hukumatlararo xalqaro avtomobil transporti qatnovi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan maslahatlashuvlar dasturi hamda hukumatlararo sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov hamda Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey hukumatlararo 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida shartnoma va uni amalga oshirish bo‘yicha dasturni imzoladilar.