Lukashenko: Mirziyoyev, Karimov va yo‘qotilgan yillar haqida

Ikki davlat rahbarlarining Ko‘ksaroy qarorgohidagi uchrashuvi do‘stlik va ochiqlik kayfiyatida o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. O‘zbekiston katta shijoatni amalga oshirdi, u butun dunyoga ochildi, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ko‘ksaroy qarorgohida so‘zlagan nutqi davomida.

Belarus prezidenti o‘z nutqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqida ko‘plab iliq fikrlarni bildirdi.

Jumladan, O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Do‘stim Shavkatga aytganman, hafa bo‘lmaginu, lekin biz seni ulkan mikroskop ostida kuzatib, xursand bo‘lib kelmoqdamiz. Sizga faqat tahsin aytish mumkin! Siz ikki yil ichida chorak asr davomida qilinmagan ishlarni amalga oshirdingiz. Siz katta shijoatga yo‘l qo‘ydingiz, butun dunyo uchun ochildingiz. Ochilmasdan taraqqiy etish mumkin emas. Bugun yopilsang, seni shunchaki yopib, chetga uloqtirishadi, hammadan oxirida yuraverasan”, - dedi Lukashenko.

Belarus prezidenti O‘zbekiston xalqi bugun to‘g‘ri yo‘ldan borayotganini e’tirof etdi.

“Bolalar bog‘chasidan tortib, maktablargacha qayta tikladingiz, ijtimoiy yordamga muhtoj odamlarni himoya ostiga olib, bundaylar bizda ham sizda ham yetarli, ularga yordam qo‘lini cho‘zib, miqyosi jihatdan ulkan maqsadlarni o‘z oldingizga qo‘ydingiz. Siz o‘zingiz uchun o‘sish nuqtalarini belgilab oldingiz, ularsiz kelajak yo‘q. Bu ikki yil uchun sizlarga faqat tahsin aytsa bo‘ladi”, - deb ta’kidladi Belarus yetakchisi.

Lukashenko, shuningdek, bu yutuqlarda mag‘rurlanish kerak emasligini qo‘shimcha qildi. (O‘zbekiston) Prezident(i) aytganidek, xudo ko‘rsatmasin, agar to‘xtasak, bo‘ldi, orqaga qaytish bo‘ladi.

Belaruslar O‘zbekistonga nima bilan kelishdi

O‘zbek xalqi – mehnatkash xalq, biz bu borada o‘xshashmiz.

Xalq bu xalq. Yigirma yildan oshiq muddatda unga va’dalar berishdi, lekin oldinga siljish bo‘lmadi.

Mana xalq hozir umidni qo‘lga kiritdi va siz bu xalqning umidlarini aldashga haqqingiz yo‘q”- dedi Belarus prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 24-yillik tanaffusdan so‘ng ilk marotaba davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

Lukashenkoning kelishi oldidan O‘zbekiston poytaxtida 400ga yaqin ikki davlat biznes-doiralari ishtirokida mintaqalararo forum o‘tkazildi.

Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida keng ko‘lamli, aniq maqsadlarga qaratilgan 19ta hujjat imzolandi. Ikki davlat rahbarlari bunaqa amaliyot ikkala mamlakat siyosiy tarixida bo‘lmaganini birdek e’tirof etdilar.