O‘zbekistondagi ilk pulli trassa Toshkent va Samarqandni bog‘laydi

Qurilish ishlarini 2019—2020 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan. Trassa ishga tushgach, Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan masofani ikki soatda bosib o‘tish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. O‘zbekistonda ilk pulli avtomobil trassasi Toshkent va Samarqand o‘rtasida qurilishi mumkin, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

8 sentabr kuni O‘zbekiston davlat investitsiya qo‘mitasida qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov boshchiligida "Cengiz – Kolin — Kalyon" kompaniyalar konsorsiumi bilan birinchi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Toshkent viloyatida o‘zbek va ingliz tilida xabar beruvchi yo‘l belgilari o‘rnatildi

Uchrashuvda davlat-sherikchilik asosida Toshkent - Samarqand marshruti bo‘yicha yo‘l qurilishi loyihasini hayotga tatbiq etish bo‘yicha masalalar muhokama qilingan.

Turk pudratchilari tomonidan qayd etilishicha, ushbu loyiha amalga oshirilsa Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan masofani 2 soat ichida bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.

Qurilish ishlarini 2019—2020 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.

"Cengiz – Kolin — Kalyon" konsorsiumi 40-yildan ortiq tarixga ega Turkiyadagi eng yirik kompaniyalardan biridir. CKK sanoatning turli sohalarida strategik loyihalarni amalga oshiradi va Turkiya taraqqiyotida yetakchi o‘rinni egallaydi.