TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Rossiya-Amerika munosabatlari ayni vaqtda "zaharlangan", - dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Sharqiy iqtisodiy forum-2018 tadbiri doirasida yosh diplomatlarga.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Amerika munosabatlari "ayni vaqtda haddan ziyod zaharlangan".
Vazir "nimadir sal boshqacha ketsa" majburiy chora ta’sirlarini e’lon qilish AQSh qoidasiga aylanib qolganini qo‘shimcha qildi.
"Bunaqa siyosatda uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishish mumkin, deb o‘ylamayman", - deb ta’kidladi Lavrov.
Rossiya TIV rahbari AQSh "Hozir Suriyadagi holat singari u yoki bu vaziyatda bir-biriga qarshi o‘yin ko‘rsatish, ekstremizm tahdidlarini ayni vaqtdagi maqsadiga erishishda emas"terrorizm singari tahdidlarga birgalikda kurashish tushunchasi ustun kelishiga umid bildirdi.
To‘rtinchi Sharqiy iqtisodiy forum Uzoqsharq federal universituti kampusi maydonchasida Russkiy orolida 11-13 sentabr sanasida o‘tkazilmoqda.