Facebookdagi uzilishlar: bu muammo bo‘yicha “O‘zbektelekom” rasmiy bayonot berdi

Bugungi kunda “O‘zbektelekom” AK ma’lumotlar uzatish tarmog‘i muntazam ravishda ishlab turibdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. “O‘zbektelekom” AK bir necha kun mobaynida Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirishda yuzaga kelgan muammolar yuzasidan o‘z bayonotini berdi. 

Mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun yagona internet portal yaratish taklif qilindi

“Facebook vakili uzilishlar tabiati mahalliy emas, balki global ekanligi haqida rasmiy bayonot berdi: Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham shunday muammolar kuzatilmoqda.

Shunga qaramay, bir qator ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarga milliy operator tomonidan cheklov qo‘yilganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi”, - deyiladi “O‘zbektelekom” bayonotida.

“O‘zbektelekom“ AK ushbu xabarlarni inkor etdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda “O‘zbektelekom” AK ma’lumotlar uzatish tarmog‘i muntazam ravishda ishlab turibdi.