Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida O‘zbekiston 5 o‘rinni egalladi

Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida O‘zbekiston 33ta medal qo‘lga kiritib 5 o‘rinni egalladi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida O‘zbekiston jami 33ta medal qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Eng tomoshabop bo‘lgan, ko‘pkari bahslari finalida O‘zbekiston jamoasi mezbon Qirg‘izistonga 32:9 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ko‘pkari bellashuvlarida 11 ta davlatdan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etib, O‘zbekiston jamoasi Boshqirdiston, Fransiya va Qozog‘iston jamoalarini mag‘lubiyatga uchrata oldi.

Sambo bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda ham vakillarimiz salmoqli natijalarni qo‘lga kiritishdi. Yurtdoshlarimiz Davlat Samrayev (-62 kg), Bekzod Karimov mutlaq vazn toifasida oltin medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Omon G‘aniyev (-52kg), Sherbek Ro‘ziyev (-68kg) kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida O‘zbekiston ilk medallarni qo‘lga kiritdi

Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarining beshinchi kunida sportchilarimiz kurash va sambo bo‘yicha ham bahslarga kirishgani, kurashchilarimiz Muxriddin Tilovov (-66kg) va Temurxon To‘rayev (-81 kg) o‘yinlarning oltin medalini qo‘lga kiritishgani hamda ko‘pkarichilarimiz final chiqishgani haqida xabar bergan edik.

Shunday qilib, mazkur o‘yinlardan ilk bora rasman ishtirok etayotgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi yakuniy natijalarga ko‘ra jami 33 ta medalni (7 ta oltin, 8 ta kumush, 18 ta bronza) qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi bo‘yicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etib, kurash, sambo, gulesh (Azarbayjon kurashi), ashirtmali aba guleshi (Turkiya kurashi), alish kurashi (Qirg‘iziston kurashi), qirg‘iz kurashi, armrestling, mas-restling, lochin ovi, uloq ko‘pkari, otda yengish turlari bo‘yicha medallarni qo‘lga kiritdi.

Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida O‘zbekiston 5 o‘rinni egalladi