Atomdan baliqchilikkacha: Medvedev va Aripov Moskvada nimalarni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Rossiya delegatsiyalari Moskvada bo‘lib o‘tgan 19-hukumatlararo qo‘shma komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etdilar. Ikki mamlakat bosh vazirlari hamkorlikning eng muhim jabhalari: AES qurilishidan tortibB savdo va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikkacha bo‘lgan masalalarni muhokama qildilar
Sputnik

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston Hukumati rahbari Abdulla Aripov Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisida rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedev bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qildi RF Vazirlar mahkamasi matbuot-xizmati.

Medvedev va Aripov Putinning O‘zbekistonga tashrifini muhokama qilishdi

Kengaytirilgan tarkib uchrashuvi oldidan bosh vazirlar ikki tomonlama muzokaralarni o‘tkazdilar. Ularda shu jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga oktabr oyida rejalashtirilgan rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar. Shundan so‘ng muloqot kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

Rossiya Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev o‘z chiqishida ikki mamlakat iqtisodiy sohadagi hamkorlikda erishgan muvaffaqiyat haqida tilga oldi, o‘zaro savdo hajmi uch karra ortganini qayd etib o‘tdi.

"Rossiya-O‘zbekiston hamkorligining strategik xarakterga ega ekanligini hisobga olgan holda, biz o‘zaro aloqalarning yangi mexanizmini yo‘lga qo‘yishga kelishdik - bu hukumatlar darajasidagi qo‘shma komissiya. Mana bugun biz bu komissiya yig‘ilishini birinchi marta o‘tkazmoqdamiz", - deb qayd etdi Rossiya bosh vaziri, yig‘ilish ochilishida.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonning eng yetakchi investorlaridan biri bo‘lib qolmoqda - respublikaga har yili tikiladigan mablag‘lar 9 milliard dollarni tashkil etadi.

Rossiya hukumati O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish loyihasini ma’qulladi

"O‘zbekiston bugun tashqi siyosatimizda bizning eng muhim va istiqbolli hamkorlarimizdan biri. Xususan, ko‘pgina yo‘nalishlarda o‘sish potensiali kuzatilmoqda. Bu sanoat kooperatsiyasi - aviatsiya sohasida, mashina qurilishida, yengil sanoat, farmatsevtika va tibbiyot sohalarida ulkan imkoniyatlar mavjud. Umid qilamanki, ushbu tashabbuslarning barchasi hayotga tatbiq etiladi, yoki hech bo‘lmaganda ular bo‘yicha ishlar boshlab yuboriladi. Hamkorlikdagi eng muhim loyihalardan biri - bu O‘zbekiston hududida atom elektr stansiyasining qurilishidir. Bugun O‘zbekistonda AESni rossiya dizayni bo‘yicha barpo etish to‘g‘risida bitim imzolanadi. Maydonchada tadiqiqot ishlari boshlab yuborilgan", - dedi Rossiya hukumati rahbari.

U shuningdek, yashil koridor tizimi va fitosanitar nazorati soddalashtirilgani tufayli O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Rossiyaga yetkazib berilishi hajmi otrganini qayd etdi. Dmitriy Medvedev mavjud istiqbolli sohalarni ham sanab o‘tdi.

"Biz juda tez va muvaffaqiyatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni qayd etib o‘tmoqchiman: bu akvakultura, ya’ni baliqchilik, shakar yetkazib berish, non-bulka mahsulotlarini ishlab chiqarish va meva-sabzavotlarni yetkazib berish. Kelinglar, bu imkoniyatlarni tahlil qilib chiqaylik", - deb taklif kiritdi Rossiya Bosh vaziri.

Kurmanov Rossiya-O‘zbekiston aloqalarining hozirgi holatini a’lo deya baholadi

Iqtisodiy va ishlab-chiqarish masalalaridan tashqari, u gumanitar hamkorlik masalalari borasida to‘xtaldi va Rossiyaning old oliygohlari bilan O‘zbekiston oliygohlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini berdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari - hukumat raisi Abdulla Aripov Rossiya tomonga iliq qabul va mazmunli kun tartibi uchun minnatdorlik bildirib, Vladimir Putinning Toshkentga rasmiy safari oldidan o‘tkaziladigan qator tadbirlar to‘g‘risida ma’lum qildi.

"Biz Rossiya tomonning bizning komissiyamiz faoliyatiga taalluqli yangi formatni tashkil etish, shu jumladan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarni tuzish taklifini ijobiy baholaymiz.

Bu savdo hamkorligini, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi, yoqilg‘i-energetika majmuasi, mashinasozlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yengil, oziq-ovqat sanoati, transport va kommunikatsiyalar sohalarining bundan keyingi rivojlanishiga yordam beradi", - deb qayd etdi Aripov.

O‘zbekiston Bosh vaziri Rossiya tomonga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun yashil koridorni tashkil etgani, shuningdek, yengil sanoat mahsulotlari bahosini soddalashtirish uchun qator choralarni qabul qilgani uchun minnatdorlik izhor qildi.

"Umid qilamizki, kelajakda charm mahsulotlariga nisbatan ham shunday tamoyillar qo‘llaniladi", - deb qayd etdi u.

Bundan tashqari, Aripov Rossiya shakari importi hajmi keskin ortganligi - faqat oxirgi yilda respublika 300 ming tonna Rossiya shakarini xarid qilgani haqida qayd etdi.

ShHT sammitida Mirziyoyev va Putin qanday masalalarni muhokama qilishdi

Muzokara yakunlariga ko‘ra, tomonlar iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 19-majlisi bayonnomasini imzoladilar, shuningdek, kelgusi hamkorlikdagi ishlarni muhokama qildilar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan oktabr oyida Toshkentga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirmoqda. Ikki davlat yetakchilarining oxirgi uchrashuvi Sindaoda o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan edi.