Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi Boqiyevlar oilasining korrupsion sxemasiga qiziqib qoldi

2010 yilning aprelida taxtdan ag‘darilgan Qirg‘iziston prezidenti Qurmanbek Boqiyevning kenja o‘g‘li Maksimga sirtdan bir nechta umrbod qamoq jazolari tayinlangan. Shu jumladan moliyaviy maxinatsiyalar uchun ham
Sputnik

TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Qirg‘iziston prokuraturasi boshqarmasi respublika sobiq prezidenti Qurmanbek Boqiyev oilasining moliyaviy maslahatchisi Yevgeniy Gurevich tomonidan mamlakatdan olib chiqib ketilgan 200 million dollar pul mablag‘lari bo‘yicha tekshirish olib bormoqda, deb xabar qildi RIA Novostiga juma kuni Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati.

2010 yilning aprelida taxtdan ag‘darilgan Qirg‘iziston prezidenti Qurmanbek Boqiyevning kenja o‘g‘li Maksimga sirtdan bir nechta umrbod qamoq jazolari tayinlangan. Shu jumladan moliyaviy maxinatsiyalar uchun ham.

Qurmonbek Boqiyev Qirg‘izistonga qaytmoqchi

Qirg‘iziston sudi kichik-Boqiyev Qirg‘iziston prezidenti qoshidagi taraqqiyot, investitsiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha markaziy agentlik rahbari bo‘la turib, o‘ziga yaqin odamlar bilan birgalikda, ular orasida MGN Capital kompaniyasi ta’sischisi Yevgeniy Gurevich ham bo‘lgan, moliyaviy maxinatsiyalar yordamida rossiya veksellari bilan ofshor orqali respublikadan millionlab dollarlarni olib chiqib ketganini tasdiqlagan.

Avgust oyi oxirida Qirg‘iziston sudi tomonidan 25-yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Gurevich "Ozodlik radiosi" qirg‘iz burosiga intervyu bergan va o‘z intervyusida Boqiyevlar oilasi tomonidan respublikadan 200 million dollar olib chiqib ketilishi bo‘yicha yetarli dalillarga ega ekanligini hamda davlat tuzilmalari bilan sobiq prezident oilasining korrupsiya sxemasini fosh etish bo‘yicha hamkorlikka rozi ekanligini ta’kidlagan.

"Prokuraturaning tegishli boshqarmalari ushbu ta’kidlar bo‘yicha tekshiruv olib borishmoqda", - deb xabar qilgan nazorat muassasasi vakili tekshiruvlar tugallanmaganini va allaqanday xulosalar qilishga ertaligini aytgan.