Medvedev va Aripov Putinning O‘zbekistonga tashrifini muhokama qilishdi

Rossiya yetakchisi O‘zbekistonga joriy yil oktabr oyida tashrif buyuradi
Sputnik

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Dmitriy Medvedev hamda Abdulla Aripovlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan davlat tashrifini muhokama etdilar, deb xabar berdi RIA Novosti.

Putin: Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari – strategik hamkorlik darajasida

Ilgariroq berilgan xabarga ko‘ra, Putin O‘zbekistonga o‘z rasmiy safarini oktabr oyida amalga oshiradi.

"Joriy yil oktabr oyida Rossiyaprezidenti Vladimir Vladimirovich Putinning O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifiga alohida e’tibor qaratdik", - deb ta’kidladi Medvedev Hukumatlararo komissiya qo‘shma majlisida.

O‘z navbatida, O‘zbekiston bosh vaziri Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Putinning O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi kun tartibi muhokama qilinganligini ta’kidladi.