Lipesk Tergov qo‘mitasi YTH haqida: ikkinchi mashina haydovchisi – DAI xodimi bo‘lgan

Hozir davlat avtoinspeksiya xodimi kasalxonada og‘ir ahvolda, tergov tufayli u haqda ma’lumotlar oshkor etilmayapti.
Sputnik

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasida besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan YTHda ikkinchi avtomobil haydovchisi davlat avtoinspeksiya xodimi bo‘lganligini tasdiqlashdi.

Rossiyada mudhish YTH oqibatida besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

“To‘qnashuv paytida inomarka rulida davlat avtoinspeksiya xodimi bo‘lgan. Avariyadan so‘ng u og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. U haqda ma’lumotlar tergov sababli oshkor etilmayapti”, - deb ma’lum qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Tergov qo‘mitasining Lipesk viloyati bo‘yicha vakili Yuliya Kuznetsova.

YTH “Lipesk—Chapligin” avtomobil yo‘lida 6-sentabr kuni 20:30 (Toshkent  vaqti bilan 22:30) atrofida sodir bo‘lgan. Lipesk tomonga ketayotgan Toyota RAV4 va qarama-qarshi tomonga harakatlanayotgan VAZ-2103 to‘qnashib ketgan.