Abdulla Aripov bugun Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi

O‘zbekiston Bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga yo‘l oladi
Sputnik

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bugun Rossiya bosh Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"2018-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi", - deyiladi xabarda.

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.

Shuningdek, dastur rejasiga muvofiq iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 19-yig‘ilishida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.