Toshkent shahar hokimligida “Ochiq eshiklar kuni” o‘z ishini boshladi

Tadbirning birinchi kunida Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlaridan tashrif buyurgan mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etishdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Poytaxt hududida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda davlat va xususiy sherikchilikni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahar hokimligida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” o‘z ishini boshladi.

Toshkent hokimligi ko‘p qavatli uylardan xonadonlar sotib olishni taklif qildi

Tadbirning birinchi kunida Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlaridan tashrif buyurgan mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Artikxo‘jayev loyihalar bilan tanishar ekan, loyihalarning, avvalo xalqga xizmati qilishi, ularning roziligi bilan amalga oshirish lozimligini alohida ta’kidladi.

Mazkur loyihalar ijtimoiy soha obyektlari, xususan zamonaviy mehmonxonalar, savdo va ko‘ngil ochar maskanlar, ko‘p qavatli avtoturargohlar hamda yangi uy-joy komplekslarni barpo etishni ko‘zda tutadi.

Uchrashuvda umumiy qiymati 5,6 trln so‘m, shundan xorijiy sarmoyalar 625 million dollar bo‘lgan va 55 790 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan 47 ta loyihalar taqdim etildi.

“Ochiq eshiklar kuni” 7 – 8-sentabr kunlari davom etadi, unda poytaxtning qolgan tumanlaridan investorlar ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.