Foydalanilmayotgan obyektlarga  10 karra ortiq soliq solinadi

Oldin xususiylashtirilgan, lekin samarali foydalanilmayotgan korxonalarga nisbatan keskin ta’sir choralari qo‘llaniladi.
Sputnik

TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Davlatga tegishli bo‘lgan obyektlarni sotish va ijaraga berish tartibi joriy etiladi. Undan tashqari xususiylashtirilgan, lekin samarali foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan keskin ta’sir choralari qo‘llaniladi, O‘zA xabariga asosan.   

O‘zbekistonda dehqon bozorlari xususiy boshqaruvga o‘tishi mumkin

Bu haqida O‘zbekiston prezidentining 4-sentabrda qabul qilingan “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.

Qarorda xususan, shunday deyilgan:

2018 yil 15-sentabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

a) davlat mulki bo‘lgan foydalanilmayotgan obyektlar o‘rnatilgan tartibda sotiladi, davlat-xususiy sheriklik asosida, shu jumladan, ijaraga beriladi;

b) foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlari – yuridik shaxslarga quyidagi ta’sir choralari qo‘llaniladi:

  • soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lashga o‘tkazish;
  • mol-mulk va yer soliqlarini ikki karra miqdorda to‘lash, 6 oy o‘tgandan so‘ng – besh karra, 12 oy o‘tgandan so‘ng va keyinchalik – o‘rnatilgan stavkaga nisbatan o‘n karra miqdorda to‘lashga o‘tkazish;
  • qonunchilikka muvofiq taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilishini to‘xtatish.

Qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.