O‘zbekistonda dollar va yevro yana ko‘tarildi

O‘tgan haftada dollar kursi 7 827,23 so‘m bo‘lgandi.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen — Sputnik.Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 6-sentabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 15,70 so‘mga ko‘tarilib, 7 842,93 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi ham 0,99 so‘mga o‘sib, 9 097,01 so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, Rossiya rubli esa 29 tiyinga pasayib, 116,16 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.