Choydan dorigacha: Jizzax investforumida O‘zbekiston imzolagan shartnomalar

Jizzax viloyati hokimining aytishicha, 2019-yil oxirigacha Jizzax viloyatida chet el investitsiyalari ishtirokida umumiy miqdori 1 milliard AQSh dollariga teng 25ta regional va 14ta sohalarga oid loyihalar amalga oshiriladi
Sputnik

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Jizzaxda o‘tkazilgan Xalqaro investitsion forumda O‘zbekistonning qator ishlab chiqarish kompaniyalari xorijiy kompaniyalar bilan shartnomalar imzoladilar, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Davlat investitsiya qo‘mitasidan olingan xabar asosida.

O‘zbekiston iqtisodiyoti MDHning boshqa davlatlariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda - Moody’s

Xususan, "O‘zcharmsanoat" uyushmasi investforum doirasida 5ta investitsion bitimlarni imzoladi. Uyushma Turkiyaning "Mader Deri San. Ve Tic." kompaniyasi bilan tayyor charmni qayta ishlash, sumka, charm va boshqa materiallardan aksessuarlar ishlab chiqarishga kelishdi; junni qayta ishlash bo‘yicha "NPP "Paxtamash KV" OAJ bilan, dorivor preparatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha Hindistonning "Infinity Group" kompaniyasi bilan;  shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida gazobeton ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 3ta chet el kompaniyalari (Hindistonning "Agio Group", Turkiyaning Ercanlar Matbaacilik Ambalaj Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi  va Germaniyaning "Wehrhahn GMBH") investitsion bitimni imzoladi.

"O‘zkimosanoat" AK va Koreyaning "LG International" kompaniyasi oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mahsulotlarini qadoqlashda foydalaniladigan polipropilen plonkalarni ishlab chiqarish, parfumeriya va maishiy kimyo tovarlari, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Ijtimoiy himoya va Jizzax shahri hamda Jizzax viloyati mahalliy aholisi salomatligini muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Germaniyaning "VAMs GmbH" kompaniyasi o‘rtasida forumning plenar sessiyasi davomida aholiga nefrologik va gemodializ yordam ko‘rsatish sohasida investitsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan "Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd" bilan infratuzilma loyihalari sohasida bitim hamda Germaniya-Xitoy uyushmasi (DSKD) bilan san’at va dizayn sohasida madaniy almashinuv bo‘yicha bitim imzolandi.

Jizzax investitsion forumi yakuni: 800 million dollardan ortiq hujjatlar imzolandi

Shuningdek, Jizzax shahri hokimligi va xitoy kompaniyasi va DSKD o‘rtasida transport xizmati va mehmonxona qurilishi sohasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuv hujjati imzolandi.

Jizzax viloyatining tuman hokimliklari va Xitoyning Heangshui Decheng Machinery and Equipment Co. Ltd kompaniyasi o‘rtasida g‘isht va sement zavodlari, bazalt ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek meva-sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha issiqxonalar va parranda fabrikalarini yaratishga yo‘naltirilgan 6ta investitsion bitimlar imzolandi.

"Zomin-farm" EIZ va xitoy hamda koreya kompaniyalari bilan 2ta bitim imzolangan. Xitoyning Heangshui Decheng Machinery and Equipment Co. Ltd kompaniyasi bilan to‘liq siklli kimyo-farmatsevtika fabrikasi qurilishini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

"Brest" EIZ rahbari o‘rinbosari O‘zbekiston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Koreya kompaniyasi bilan rentgen uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha korxonani yo‘lga qo‘yish bitimi imzolangan.

Jizzax viloyatining Rashidov va Yangiobod tumanlari hokimiyatlari Koreyaning "Special trading group corp" kompaniyalari bilan issiqxona tizimlari ishlab chiqaruvchi korxonani yo‘lga qo‘yishga qaratilgan investitsion bitim va sut mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Forum doirasida tashkillashtirilgan "B2G" "B2B" shaklidagi muzokaralar davomida quyidagi kelishuvlarga erishilgan:

- Chexiyaning "BIZNES CZ" S.R.O kompaniyasi bilan sement ishlab chiqarish zavodini qurish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

- Belarusning "Belalek Grupp" kompaniyasi va "Zomin Pharm" OAJ bilan viruslarga qarshi yangi dori preparatlarini ishlab chiqish markazini tashkil etish bo‘yicha Bosh bitim imzolangan.

- Isroilning "VP Agriculture Projects LTD" kompaniyasi Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan zamonaviy issiqxona majmuasi doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Jizzax viloyati butun dunyodan investorlarni chorladi

- Jizzax viloyatining Rashidov tumanida Tojikistonning "Prommontaj" kompaniyasi bilan hamkorlikda beton va asfalt ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolangan. 

- Turkiyaning S.S. Bademli Fidancilik Tarimsal Kalkinma Kooperatifi qishloq xo‘jaligi kooperativi va Jizzax viloyati Baxmal tumani hokimiyati o‘rtasida virusdan xoli bo‘lgan mevalar va uzum ko‘chatlari yetishtirish bo‘yicha niholxona tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolangan.

- Xitoyning choy ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan choy va choy mahsulotlarini yetishtirishni tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan.

Jizzax viloyati hokimi forumdagi o‘z chiqishida davomida 2018-2019 yillarda Jizzax viloyatida chet el investitsiyalari ishtirokida umumiy miqdori 1 milliard AQSh dollariga teng 25ta regional va 14ta sohalarga oid loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.