Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni Misr prezidenti bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Misr prezidenti Husayn as-Sisi bilan uchrashadi.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni Misr prezidenti Husayn as-Sisi bilan uchrashadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri prezident matbuot kotibi Komil  Allamjonov xabariga asosan.   

“4 sentabr kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn as-Sisining Toshkentga kelishi kutilmoqda. Ertasi kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Prezidenti bilan uchrashadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bu Misr prezidentining O‘zbekistonga birinchi rasmiy tashrifi bo‘ladi. Husayn as-Sisi 3-sentabrda “Xitoy – Afrika” sammitida ishtirok etadi.