GM Uzbekistan yangi “O‘zimiz boramiz” xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Avtomobil xarid qilish uchun ariza bergan va avtosalondan telefon qo‘ng‘irog‘i qabul qilgan poytaxtliklarning har biri 5-sentabrdan boshlab "O‘zimiz boramiz" xizmatidan foydalanishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. GM Uzbekistan yangi “O‘zimiz boramiz” xizmatini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Avtomobillar tirbandligi yuzaga kelganda nima qilish kerak – IIBB rahbari javobi

“Onlayn arizalarni va shartnomalarni rasmiylashtirish jarayoni ko‘rib chiqilganda betob bo‘lgani tufayli, band bo‘lib vaqti bo‘lmaganligi va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mijozlarimiz avtosalonga shartnomalarni olib ketishlari uchun o‘z vaqtida kela olmaslik holatlari tahlil qilindi. Natijada, ba’zi mijozlarda ular ogohlantirilgandan keyin 3 ish kuni ichida salonga kelmaganligi sababli shartnoma bekor qilinishi holatlari kuzatildi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur muammoni hal qilish va eng asosiysi mijozni shartnoma rasmiylashtirishini o‘z vaqtida va qulay amalga oshirishi uchun GM Uzbekistan AJ tomonidan sayyor shartnoma rasmiylashtirish punkti bo‘lgan yangi "O‘zimiz boramiz" xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Avtomobil xarid qilish (onlayn-navbat) uchun ariza bergan va avtosalondan telefon qo‘ng‘irog‘i qabul qilgan poytaxtliklarning har biri 5-sentabrdan boshlab "O‘zimiz boramiz" xizmatidan foydalanishi mumkin.