Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova orden bilan mukofotlandi

Prezident farmoniga asosan bir qator artistlar “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
Sputnik

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni imzolandi.

Mustaqillik kuni arafasida poyezdlarga 50% chegirma e’lon qilindi

O‘zbek xalqining ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatan mustaqilligini, yurtdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Abdullayeva Nasiba Melikovna – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;

Ahmedov Yoqub - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktori;

Baymuradov Elmurod Dilmurodovich - Shahrisabz shahridagi “Baxtli bolalik” namunali bolalar maqomchilar ansamblining badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati;

Jo‘rayev Sherali – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;

Zakirov Farrux Karimovich – “Yalla” ansambli badiiy rahbari;

Otajonov Ortiq - O‘zbekiston xalq artisti;

Sagdiyev Yodgar Xabibovich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktori;

Usmonova Yulduz Ibragimovna – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.