O‘zbekistonda Vatan uchun jon bergan harbiylar oilalari Xitoyga sayohatga yuborildi

Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari 10 kun davomida Xitoyning diqqatga sazovor joylarini aylanadilar
Sputnik

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. O‘zbekiston Mustaqilligining 27-yillik bayrami arafasida xizmat burchini o‘tash vaqtida halok bo‘lgan qahramonlarning oila a’zolari madaniy sayohat uchun Xitoyga kuzatildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston armiyasi

Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari 10 kun davomida Xitoy Xalq Respublikasining diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladilar.

"O‘g‘lim Shuhratbek Sobirov 2000-yili yurtimizning janubiy hududlariga suqilib kirgan bir guruh terrorchilar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda qahramonlarcha halok bo‘ldi. O‘g‘lim 25 yoshida O‘zbekiston xalqini himoya qilib, barchaga o‘rnak bo‘ldi. Men u bilan umrbod faxrlanaman. O‘zbekiston pPrezidentining e’tiborlari sabab, bugun biz Xitoy davlatiga sayohatga ketapmiz. Bunday rag‘batdan boshimiz ko‘kka yetdi...", – dedi tadbir davomida Andijon viloyatidan kelgan  Sotqinboy Sobirov.

Marosimda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szan Yan xonim, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Shavkat Mirziyoyev askarlarning qanday kitob o‘qigani bilan qiziqdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida mustaqillik yillarida Vatan tinchligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasini abadiylashtirish hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan edi.