Olmazor Business Citu markaziga yangi rahbar tayinlandi

Toshkent shahar hokimi qaroriga asosan “Olmazor Business City” yangi tadbirkorlik markazini qurish, ekspluatatsiya qilish direksiyasi davlat unitar korxonasiga rahbari tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq Umarov Umid Ahmadjonovich “Olmazor Business City” yangi tadbirkorlik markazini qurish, ekspluatatsiya qilish direksiyasi davlat unitar korxonasining rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent hokimligi Olmazor sanoat zonasining 84%dan ortiq aksiyasiga ega bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, Umid Umarov Toshkent Vestminster universitetining xalqaro tijorat huquqi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda “Zaravshon-Nyumont” QKda direktor tarjimoni sifatida boshlab, 2009-2016 yillarda “Navoiy tog‘ metallurgiya kombinati” DUK huquqshunosi, direktor o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda “Gold Aziya Zarafshon” MChJ direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yildan “Tashkent city” DUK direksiyasida yuridik bo‘lim boshlig‘i vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi.