Elektr, suv va gaz hisobotlarini internet orqali yuborish taklif etildi

Ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilsa tadbirkorlik subyektlarining anchagina vaqtini tejaydi va ortiqcha xarajatlarga chek qo‘yadi.
Sputnik

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Jamoaviy murojaatlar portalida innovatsiya va axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida “Tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasi, ichimlik suvi va gaz sarfi uchun hisobotlarini elektron tartibda berish xizmatini ishga tushirish haqida” taklif joylashtirildi.

Hisoblagich bo‘lmagan hollarda to‘lov 2 baravar olinishi mumkin

Murojaatda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi, ichimlik suvi va gaz uchun topshiriladigan oylik hisobotni internet orqali, elektron raqamli imzo yordamida, interaktiv xizmatdan foydalangan holda yuborish, shuningdek, schot faktura hamda solishtirma dalolatnomalarni interaktiv xizmat orqali olishni yo‘lga qo‘yish taklif etilgan.

Muallif fikriga ko‘ra, ushbu amaliyot yo‘lga qo‘yilishi tadbirkorlik subyektlarining anchagina vaqtini tejaydi hamda ortiqcha xarajatlarga chek qo‘yadi.

Taklif hukumatga kiritilishi uchun ushbu murojaat 5000 ta ovoz to‘plashi kerak.