AQShda senator Jon Makkeyn vafot etdi

Senator Jon Makkeyn 82 yoshida bosh miya saratoni kasalidan vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. AQShda respublikachi senator Jon Makkeyn 81 yoshida saraton kasalidan vafot etdi, deb xabar qildi NBCNews.

“So‘nggi yil davomida senator bosh miya saratonining faol ko‘rinishiga qarshi kurash olib borayotgan edi. Senator vafot etganda uning yonida rafiqasi Sindi va oila a’zolari bo‘lgan. Jon Makkeyn AQShga 60-yil xizmat qildi” – deyilgan xabarda.

Makkeyn amerikaning eng kuchli siyosatchilaridan biri hisoblanar edi. U bir necha yil davomida qattiqqo‘l tashqi siyosat olib borish va Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish tarafdori sifatida tanilgan.

AQSh Afg‘onistondagi urushda yengildi - Makkeyn

Bir necha oy oldin, senatorning og‘ir kasalligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, uning oila a’zolari, senator va prezident orasidagi munosabatlarning “unchalik yaxshi emasligi” tufayli, Makkeynning ta’ziyasida AQSh prezidenti Donald Trampni ko‘rishni xoxlamasliklarini ma’lum qilishgan edi.

Jon Makkeyn 1936-yilda tug‘ilgan Panamadagi aviabazada harbiylar oilasda tug‘ilgan.  Dengiz aviatsiyasida xizmat qilgan. Vyetnam urushi vaqtida uning samolyoti urib tushiraladi va Makkeyn asirga olinadi. Asirlikda Makkeyn 5,5 yil o‘tkazadi. Amerikaga qaytganidan so‘ng Respublikachilar partiyasiga a’zo bo‘lib, siyosat bilan shug‘ullana boshlaydi. 1986-yilda Arizona shtatidan senator bo‘lib saylanadi. Jon Makkeyin ikki marotaba AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lgan 2000 va 2008-yillarda. Birinchi marotaba u Jorj Bush kichikka yutqazgan ikkinchi marotaba esa – Barak Obamaga.