Tojikiston O‘zbekistondan tranzit o‘tadigan avtomashinalar uchun boj to‘lovini bekor qildi

Tojikiston bojxona xizmati xabariga ko‘ra, tegishli qaror Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tomonidan O‘zbekistonga rasmiy tashrif oldidan imzolangan
Sputnik

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. Tojikiston O‘zbekistondan o‘tadigan avtobuslar uchun boj to‘lovini bekor qildi, deb xabar berdi Qirg‘izistonning "Kabar" nashri.

"Tarixdagi inqilobiy yil": Mirziyoyev va Rahmon nimalar haqida gapirishdi

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston orqali tranzit o‘tadigan yengil avtomobillari va avtobuslari mamlakatga kirish va uning hududidan tranzit o‘tish uchun boj to‘lovidan ozod etiladi.

Tojikiston bojxona xizmati xabariga ko‘ra, tegishli qaror prezident Emomali Rahmon tomonidan O‘zbekistonga rasmiy tashrif oldidan imzolangan.

Qarordan maqsad - O‘zbekistondan tranzit kiradigan yengil avtomashinalar va avtobuslarning bojsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratishdir.