Mirziyoyev, Nazarboyev va Jeenbekov Orol muammolari haqida nima deyishdi?

Davlat rahbarlari muhokamaga qo‘yilgan barcha masalalar bo‘yicha bir fikrga kelganlarini ta’kidlaganlar
Sputnik

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi majlisi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Sammit 24-avgust kuni Avaza shahrida bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlari OAV oldida bayonot qildilar.

O‘zbekiston prezijenti Shavkat Mirziyoyev o‘z yechimini talab etadigan ko‘plab savollar yig‘ilib qolganini ta’kidlab o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshiga keldi

"Gurbanguli Malikguliyevich (Turkmaniston prezidenti Berdimuhammedov. — tahr.) Qirg‘iziston prezidentini ham taklif etdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari mintaqa oldida turgan muammolarga yangicha yondashayotganlari namunasidir. Biz muzokara va hujjatlar imzolashdan amaliy ishga o‘tishga kelishib oldik", - deya bayonot qildi Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari ushbu sammit tarixiy bo‘lganligini qo‘shimcha qilib, tez orada uning natijalarini ko‘rish mumkin bo‘lishini ta’kidladi.

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat 2016-yilda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi kengashi(MFSA)da o‘z ishtirokini muzlatib qo‘yganini eslatib o‘tdi. Jeenbekov ushbu qaror tashkilotda islohotlar o‘tkazish vaqti kelganligi bilan izohladi.

"Afsuski, biz ushbu masalada rivojlanishni kuzatmayapmiz. Ammo shu bilan birga Qirg‘iziston barcha kelishuv va bitimlarni bajarib kelmoqda. Men bugun jamg‘arma va uning organlari faoliyati yuzasidan o‘z pozitsiyamni aytib eshittirdim. Tor doiradagi uchrashuvda kelishganimiz kabi, MFSAni birgalikda isloh qila olishimizga ishonaman", - dedi Qirg‘iziston yetakchisi.

Orol muammosi BMT bilan hamkorlikining asosi bo‘lib qoladi

Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev ushbu sammit - ekologik muammolar bilan shug‘ullanuvchi dunyo hamjamiyati, BMT, jamg‘armalar va banklarga qilingan o‘ziga xos murojaatligini qayd etdi. 

"Biz jamg‘arma faoliyatini takomillashtirishga kelishib oldik, 20-yil muqaddam qabul qilingan qarorlar o‘z ahamiyatini yo‘qotganini ochiq tan oldik. Muzokaralarda ushbu muammo yechimiga ilm-fan nuqtayi nazaridan yondashish, olimlardan yordam olish singari yaxshi takliflar bildirildi", — deb ta’kidladi Nazarboyev.