TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev hamda Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya prezidentlari hamda Vengriya bosh vaziri 2-sentabr kuni Issiq-ko‘l bo‘yida bo‘lib o‘tadigan ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etadi.
“Ko‘chmanchilar o‘yinlari” xalqaro musobaqa bu yil Qirg‘izistonda uchinchi marotaba bo‘lib o‘tadi. Issiq-ko‘l yonida bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqalarda dunning 80 mamlakatidan 3 mingdan ortiq sportchilar ishtirok etadi. Jumladan Unda O‘zbekistondan ham 108 nafar sportchi ushbu musobaqalarga tashrif buyurishadi.
Ushbu xalqaro tadbir dastlab 2014-yilda Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev tashabbusi bilan o‘tkazilgan edi. Musobaqa doirasida turli etnografik tadbirlar, konsert dasturlari hamda tanlovlar ham tashkil qilingan.
Ayni damda musobaqaga tayyorgarlik qizg‘in ketmoqda. Jumladan yuqori tog‘ bag‘rida joylashgan Kirchin shaharchasida ham musobaqaga tayyorgarlik qizg‘in ketmoqda. Bu yerda etnofestival bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.