Qobul toliblar bilan muzokarada qatnashish shartini e’lon qildi

Rasmiy bayonotga ko‘ra, "Tolibon" harakati tinchlik maktubi va ochiq muzokaralarga qarshi chiqqan hamda xalqaro va mintaqaviy tinchlik tamoyillariga, ochiq muloqotga nisbatan hurmat ko‘rsatmagan
Sputnik

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Qobul Moskva yoki boshqa joyda o‘tkaziladigan muzokaralarja qatnashadi, qachonki "Tolibon" radikal harakati tinchlik muzokaralariga tayyorligini namoyon etsa, deyiladi RIA Novosti ixtiyoriga kelib tushgan Afg‘oniston TIV bayonotida.

"Tolibon" Toshkentda ofis ochdimi - O‘zbekiston TIV javobi

Ilgariroq Afg‘oniston TIV vakili Sibg‘atulla Ahmadiy RIA Novostiga Qobul Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan "moskva formati"dagi uchrashuvda qatnashmasligini, va bu qaror AQSh pozitsiyasidan mustaqil qabul qilinganligini ma’lum qilgan edi.

"Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi, agar "Tolibon" harakati qandaydir muddat ochiq tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga tayyorligini ko‘rsatsa, u xoh Moskva formati bo‘lsin yoki boshqa uchinchi joyda, sof niyat va chuqur xayrixohlik bilan "muzokaralarda - tahr.) ishtirok etadi", - deyiladi baynotda.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, "Tolibon" harakati tinchlik maktubi va ochiq muzokaralarga qarshi chiqqan hamda xalqaro va mintaqaviy tinchlik tamoyillariga, ochiq muloqotga nisbatan hurmat ko‘rsatmagan.

Toliblar Moskvaga kelayapti

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu munosabat bilan "Moskva formati"da o‘tadigan uchrashuvda "Tolibon" harakati vakillarining ishtiroki zarur, deb hisoblanmaydi. "Yuqorida tilga olingan tamoyillarga tayangan holda, Afg‘oniston Islom Respublikasi, "Tolibon" u bilan muloqot qilishni lozim topmagan ushbu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi", - deyiladi bayonotda.

Ilgariroq, Reyter agentligi "Tolibon" harakati vakiliga tayangan holda, harakat vakillari Moskvada 4-sentabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish taklifini qabul qilganligi haqida xabar tarqatgan edi.

Rossiya Federatsiyasiga ko‘ra, Afg‘oniston masalasi bo‘yicha 4-sentabrda o‘tkaziladigan "Moskva formati"dagi maslahatlashuvga 12ta davlat, shu jumladan, AQSh ham taklif etilgan. Rossiya Tashqi ishlar mahkamasining ma’lum qilishicha, ushbu majlisga toliblarning Doxa shahridagi siyosiy ofisi rahbariyati ham taklif etilgan. AQSh Davlat departamenti vakili, Qo‘shma Shtatlar ushbu formatni samarali deb topmagani tufayli, Moskvadagi Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvda ishtirok etmasligini ma’lum qilgan.