Aleksandr Lukashenko 12-sentabrda O‘zbekistonga keladi

24 avgust kuni Toshkent shahrida belarus yozuvchisi Yakub Kolas haykalining ochilish marosimi o‘tkaziladi
Sputnik

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 12-sentabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ta’kidlanishicha, tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasida 20ga yaqin hujjatlar imzolanadi.

Lukashenko O‘zbekistonga yangi elchixona qurishni taklif qildi

24 avgust kuni esa Toshkent shahrida belarus yozuvchisi Yakub Kolas haykalining ochilish marosimi o‘tkaziladi. 

Kuni kecha, 22-avgust kuni Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari Maxail Rusiy boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga kelgan edi.

Belarus delegatsiyasi 22-24 avgust kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning oltinchi yig‘ilishida qatnashmoqda.

Yig‘ilishda savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki davlat munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama etilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus sanoat va qishloq xo‘jaligi kompaniyalari bilan tanishadi

Eslatib o‘tamiz, Belarus rahbari sal oldin Minsk va Toshkent munosabatlari so‘nggi vaqtlarda faol ravishda rivojlanayotganini e’tirof etgan va bu ijobiy o‘zgarishlarda Shavkat Mirziyoyevning roli beqiyosligini ta’kidlagan edi.

"Bu o‘qimishli, iste’dodli rahbar, o‘z mamlakati uchun istiqbollarni ko‘ra oladigan siyosatchi", - deya ta’kidlagan edi Lukashenko O‘zbekiston prezidenti haqida gapirar ekan.

O‘zbekiston va Belarus rahbarlari o‘zaro munosabatlarning yangi bosqichi va oldinga amalga oshiriladigan "ulkan sakrash" borasida muhokama yuritishlari kutilmoqda.