Toliblar Moskvaga kelayapti

Moskvadagi uchrashuv sentabr oyi boshida o‘tkaziladi, asosiy maqsad - Islom respublikasida rossiyalik fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Sputnik

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. "Tolibon" radikal harakati vakillari Moskvada o‘tkaziladigan Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvda ishtirok etishga rozi bo‘ldilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Hozircha qo‘shimcha ma’lumotlar yo‘q.

Toliblar va rasmiy Qobulni yarashtirish istiqbollari Rossiya poytaxtida 4-sentabr kuni muhokama qilinadi.

Rossiya TIVining asosiy maqsadi - Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida bo‘lgan rossiyalik fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va milliy yarashuv jarayonini ishga tushirishdan iborat.

Tolibon Qurbon bayram arafasida yuzlab asirlarni ozodlikka chiqaradi

O‘z navbatida, Afg‘onistonning Rossiyadagi elchisi Abdul Qayum Kuchay jurnalistlarga Afg‘oniston hukumati "tolibon"ning ushbu muloqotda ishtirok etishiga qarshi emasligini ta’kidlagan.

Ilgariroq, toliblar dushanba kuni yuzlab hibsga olinganlarni ozodlikka chiqargani haqida xabar berilgan edi. Endilikda bu insonlar "Qurbon bayrami saodatini o‘z oilasi va do‘stlari bilan baham ko‘rishlari" mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "Tolibon" bilan uch oylik yarashuv haqida e’lon qilgandi.