TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Toshkent shahar IIBB mast holda boshqarilgan avtomobillar fotosuratlarini namoyish qildi.
Joriy yilning 11-17 avgust kunlari tungi vaqtlarda 2 926 nafar haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Shundan 50 kishi avtomobilni mast holda boshqargan. Ular orasida quyidagi fuqarolar bor:
- Yashnobod tum., 48 yoshli A.Ulug‘bek - “Malibu” (01 E 272 VV);
- Yunusobod tum., 30 yoshli K.Tatana - “Leksus” (01 V 431 YA);
- Shayxontohur tum., 27 yoshli S.Abdullox - “Lasetti” (01 S 848 WA);
- Chilonzor tum., 28 yoshli A.Oybek – “Malibu” (01 N 999 AAA);
- Sergeli tum., 43 yoshli S.Abduvali - “Kaptiva” (01 O 701 FA);
- Mirzo Ulug‘bek tum., 30 yoshli A.Alisher – “Mitsubishi” (01 K 990 DA).
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlarning barchasining transport vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksining 131-moddasiga muvofiq, transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’sirida mast holda boshqargan haydovchilarga 1,5 yildan 3-yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.