MAKning Domodedovoda ushlanib qolgan samolyoti 23:15 da uchadi

O‘zbekiston Havo yo‘llarning Domodedovo aeroportida texnik nosozlik tufayli 18 soatdan beri ushlanib qolgan samolyoti bugun soat 23:15 uchadi.
Sputnik

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llarining Domodedovo aeroportida texnik nosozlik tufayli ushlanib qolgan samolyoti bugun 23:15 da uchadi, deb xabar qildi aeroport ma’muriyati Sputnik muxbiriga.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo yo‘llarining HY-602 sonli reysida Moskvadan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilar, texnik nosozlik tufayli 19-avgust soat 22:45 dan beri Domodedovo aeroportida kutib qolishmoqda.

O‘zbekiston havo yo‘llari samolyoti Domodedovoda 10 soatdan beri qolmoqda

Dastlab samolyot 20-avgust soat 13:00da uchadi deb e’lon qilingan edi, lekin soat 16:30 da Domodedovo aeroporti ma’muriyati ushbu parvoz bugun soat 23:15 da amalga oshirilishi rejalashtirilayotganini xabar qildi.

Aeroprt ma’muriyatiga ko‘ra, texnik nosozlikni tuzatishning iloji bo‘lmagan va yo‘lovchilarni olib ketish uchun boshqa samolyotdan foydalaniladi.

Aviakompaniya tomonidan 18 soatdan ortiq kutib qolayotgan yo‘lovchilarga qanday sharoitlar yaratib berilgani haqida aniq ma’lumot olishning iloji bo‘lmadi.

Ma’lumot uchun, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, aviakompaniya parvozni kechiktirganda yo‘lovchilarni qo‘yidagi xizmatlar bilan ta’minlashi kerak:

Parvoz 2 soatdan ortiq kechikkanda:

Bepul 2 ta telefon qo‘ng‘irog‘i, 2ta xabar yuborish imkoniyati, bepul ichimliklar;

Yoshi 7 yoshdan kam bo‘lgan bolali oilalarga ona va bola xonasiga kirish imkoniyati.

Parvoz 4 soatdan ortiq kechikkanda:

Yo‘lovchilar bepul  issiq ovqat bilan ta’minlash kerak. Kutish undan ham uzoq davom etgan taqdirda - yo‘lovchilar har 6 soatda bepul issiq ovqat bilan ta’minlanishi kerak.

Parvoz kechasi 6, kunduzi 8 soatdan ortiq kechikkanda:  

Aviakompaniya yo‘lovchilarga mehmonxonadan joy olib berishi va ularni mehmonxonagacha bepul transfer bilan ta’minlashi kerak.

Yevropa mamlakatlarida ushbu talablar bundan ham qattiq. Xususan parvoz 4 soatdan ortiq kechikkanda aviakompaniya 600 Yevro jarima to‘lashi kerak. Issiq ovqat va mehmonxona esa 5 soatdan keyin beriladi.