BMT sobiq Bosh kotibi Kofi Annan vafot etdi

Kofi Annan uzoq davom etmagan kasallik tufayli vafot etgani aytilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 18 avg – Sputnik. BMT sobiq bosh kotibi Kofi Annan 81 yoshida vafot etdi, deb xabar qilindi BMT migratsiya masalalari bo‘yicha xalqaro Tashkilotining Twitterdagi mikroblogida.

G‘azablangan buddoyilar Kofi Annanni Myanmadan quvishga tushdi

Annan o‘limi sababi ma’lum qilinmagan. 

Kofi Annanning o‘limini oilasi ham tasdiqlagan.

Kofi Annan asli ganalik. 1997-2006 yillar oralig‘ida BMT Bosh kotibi lavozimini egallagan.

2012 yilda BMTning Arab davlatlari ligasi va Suriyadagi maxsus vakili bo‘lgan.

2001 yilda inson huquqlari sohasidagi sa’y-harakatlari uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.