AQShga viza tayyorlab berish bilan shug‘ullangan firibgar qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, firibgar pullarni olgan, ammo vizani tayyorlab bermagan. Jabrdiydaga pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan
Sputnik

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. AQShga borish uchun viza tayyorlab beraman deb odamlarning pullarini olib, firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga tushdi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Toshkent IIBB buxorolik firibgar Julyetta haqida xabar berdi

Xabarda aytilishicha, joriy yil 25-iyul kuni Buxoro shahri, G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, 2017-yil may oyida muqaddam sudlangan, B.N.ga viza tayyorlab berishi uchun 2000 dollar berganini ma’lum qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, firibgar pullarni olgan, ammo vizani tayyorlab bermagan. Jabrdiydaga esa pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan firibgarlikda gumonlanayotgan B.N. qo‘lga olingan.