O‘zbekiston bir oy ichida 5025ta elektron viza berdi

Rabota belorusskoy tamojennoy slujbi
Elektron viza berish tartibi joriy etilganidan so‘ng, bir oy ichida 5025 nafar xorijiy sayyohlarga elektron vizalar berildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekistonda elektron viza berish tartibi joriy etilganidan buyon 15-iyuldan -15 avgustga qadar 5025 nafar xorijiy sayyohlarga elektron vizalar berildi, deb xabar qilmoqda Spot nashri.

Viza v pasporte
O‘zbekistonga kimlar vizasiz kelishi mumkin - TIVdan batafsil ma’lumot

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston 15-iyuldan boshlab e-visa.gov.uz sayti orqali elektron vizalar berishni boshlagan edi.

O‘tgan bir oy ichida O‘zbekistonga kirishga elektron viza olish uchun 5460ta ariza kelib tushgan. Shundan 1190 ta – Xitoy, 671ta – AQSh, 611ta – Buyuk Britaniya, 403ta – Hindiston, 339ta – Fransiya, 311ta – Germaniya, 253ta – Avstraliya fuqarolaridan.

15 avgust holatiga 5025ta elektron vizalar berilgan. Faqat bir kishiga (Fransiya fuqarosi)  - rad javobi berilgan.