Indoneziyadagi XVIII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi

Jakartadagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Jakartadagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.

Indoneziyada 18-avgust kuni XVIII Osiyo o‘yinlari boshlanadi. Undan O‘zbekiston sportchilar jamoasi ham ishtirok etadi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi katta tayyorgarlik bilan musobaqa o‘tkaziladigan mamlakatga yetib kelgan.

Superliganing olti klubiga qarzdorlik masalasi qimmatga tushishi mumkin

O‘yinlar boshlanishiga ikki kun qolganida hamurtlarimiz navbatdagi rasmiy tadbir – ishtirokchi mamlakatlarning bayroqlarini ko‘tarish marosimida qatnashishdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, delagatsiyamiz vakillari, murabbiylar va sportchilarimiz ishtirok etishdi. O‘zbekiston madhiyasi ostida bayroq ko‘tarildi.

Tadbir yakunida Olimpiya shaharchasi meri Yuni Karkita delegatsiyalar rahbarlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi. O‘z navbatida Jasur Matchanov ham O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan mezbonlarga atalgan esdalik sovg‘asini tuhfa qildi.