Emomali Rahmon Toshkentga keldi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni Toshkent aeroportida kutib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 17 avg - Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga yetib keldi. Shavkat Mirziyoyev oliy mehmonni Toshkent aeroportida kutib oldi. Bu Tojikiston rahbarining so‘nggi 17-yil davomida O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi.

Tojikiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘yishdi.

Tojikiston rahbarining davlat tashrifi davomida tor va keng doiradagi uchrashuvlar, O‘zekspomarkazda Tojikiston sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurish, O‘zbekiston Oliy Majlisi vakillaribilan uchrashuv va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.

Prezident matbuot xizmati xabariga asosan. 

Emomali Rahmon Toshkentga keldi