O‘zbekistonda Qurbon hayiti uch kun nishonlanadi - prezident farmoni

Hujjatda 2017-yil 28-dekabrdagi prezident Farmonida nazarda tutilgan 2018-yil 24-avgust kundagi dam olish kuni 22-avgust chorshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan
Sputnik

TOShKENT, 16 avg - Sputnik. Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti sanasi ma’lum bo‘ldi

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 21-avgust seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2018-yil 21-23 avgust kunlari O‘zbekistonda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Farmonda 2017-yil 28-dekabrdagi Farmonida nazarda tutilgan 2018-yil 24-avgust kundagi dam olish kuni 22-avgust chorshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.

Qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirishga oid mazkur Farmonda shuningdek 25-avgust shanbadagi dam olish kunini 23-avgust payshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, 2018-yil 21–23 avgust kunlari 5 kun ishlaydiganlar uchun, 21-22 avgust kunlari 6 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.