Iyul oyida ham Rossiyada birorta Ravon avtomobili sotilmadi

2018 yilning ilk 5 oyi mobaynida Ravon jami 5 184ta avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. O‘zbekistonning RAVON avtomobil brendi Rossiyada 2018-yil iyul oyida birorta ham avtomobil sota olmadi, deb xabar qilmoqda Xalq So‘zi gazetasi, Yevropa Biznesi assotsiatsiyasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasi hisobotiga asosan.

Rossiyada Ravon avtomobillarining narxi keskin oshdi

Hisobotda qayd qilinishicha, Rossiyada 2018-yil iyul oyida avtomobillar savdosi 10,6 %ga o‘sishi kuzatilgan. Eng ko‘p sotilgan avtomobillar – mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsuloti bo‘lgan. 2018-yilning yanvar – iyun oylarida jami Rossiya bozorida jami qariyib bir million (992 673ta) avtomobil sotilgan.

O‘tgan yilning shu oyida kompaniya Rossiyada 1 275 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan, 2018-yilning ilk 5 oyi mobaynida jami 5 184ta RAVON brendidagi mashinalar sotilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, RAVON iyun oyida ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmagandi. Shunga qaramay, kompaniya iyul oyi so‘nggida Rossiya bozori uchun chiqarilgan avtomobillari narxini keskin oshirgandi.