O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda moliyaviy razvedka tizimlarini mustahkamlaydi

O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifi natijasida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish hamda ommaviy qirg‘in qurollarini tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan ilmiy hamkorlik Memorandumi imzolandi
Sputnik

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Bosh prokuror o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya moliyaviy razvedka tizimlari hamkorligini mustahkamlash hamda iqtisodiy havfsizlik bo‘yicha kadrlarni tayyorlash masalalarini muhokama qildi, deb xabar qildi prokuratura matbuot-xizmati.

O‘zbekiston razvedkachilari kuchli uchlikdan joy oldi

Tashrif davomida ilmiy hamkorlik masalallari, birgalikda tashkil etilgan laboratoriyalarda ilmiy tadqiqod ishlarini olib borish, tasniflarni baholovchi xalqaro tizimni yaratish orqali jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida yagona o‘quv hududni shakllantirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi natijasida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish hamda ommaviy qirg‘in qurollarini tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan ilmiy hamkorlik Memorandumi hamda Xalqaro institutlar tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalari bilan yuqoridagi sohalarda ilmiy-ta’lim faoliyati yuzasidan hamkorlik bayonnomasi imzolangan.