O‘zbekiston MDH bilan birgalikda havo mudofaa tizimini rivojlantiradi

O‘zbekiston Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan birgalikda MDH havo mudofaa tizimini takomillashtiradi.
Sputnik

TAShKENT, 14 avg - Sputnik. Bugun Minskda O‘zbekiston va MDHning olti mamlakati hamda KXShT vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda MDH mamlakatlari havo-himoyasi tizimini rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqiladi, deb habar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

“14 avgust kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan MDH Havo himoyasi masalalari bo‘yicha koordinatsiya kengashining 49-majlisida MDH havo-himoyasi tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari masalasi ko‘rib chiqiladi”, - deyilgan xabarda.

Qo‘mita majlisida Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari, KXShT vakillari,  Rossiya harbiy sanoati vakillari, MDH rahbariyati uchrashib harbiy havo mudofaasi sohasidagi muammolarni muhokama qilishadi.

O‘zbekiston MDH bilan birgalikda havo mudofaa tizimini rivojlantiradi

Shuningdek, majlisda 2019-yilda MDH havo mudofaa kuchlarining tezkorligi va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan, birgalikda o‘tkazish rejalashtirilayotgan tadbirlarning tashkiliy masalalari, havo himoyasini rivojlantirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinadi.