Lola Astanova Toshkentdagi Uspenskiy nomli musiqa maktabini tamomlagan. U 6 yoshidan boshlab mashhur pedagog Tamara Popovich qo‘l ostida pianino chalishni o‘rgangan.
Ayni damda Lola amerikada yashaydi. Pianinochi qizning musiqa chalish uslubi va sahnadagi ehtirosli hatti-harakati ko‘plab muxlislarni o‘ziga jalb qilmoqda. Lekin shu bilan birga, mumtoz musiqaga bunaqa ijro uslubi mos emas - degan fikrlar ham bildirilmoqda.
“Klassik musiqa faqat g‘amgin, cheklangan yoki naftalin (qarilik) hidi kelib turadigan bir narsa bo‘lishi kerak emas”, - deb javob bergan edi Lola o‘zining chiqishlariga nisbatan aytilayotgan tanqidlarga.
RIA Qrim xabariga asosan.