O‘zbekistonning 5ta shahrida davlat boshqaruvi akademiyasining filiallari tashkil etildi

Hududiy filiallarga maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasining fakultet dekaniga tenglashtiriladigan direktor rahbarlik qiladi
Sputnik

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. 2018-yil 6-avgustda imzolangan prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekistonning beshta shahrida Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari tashkil etildi.

O‘zbekistonda Bosh prokuratura akademiyasi tashkil etildi

Adliya vazirligining xabariga ko‘ra, Guliston, Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida tashkil qilingan hududiy filiallarda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasi oshiriladi.

Hududiy filiallarga maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasining fakultet dekaniga tenglashtiriladigan direktor rahbarlik qiladi.