Putin AQShning yangi sanksiyalarini muhokama qilish uchun XQ majlisini chaqirdi

AQShning Rossiyaga qarshi e’lon qilgan yangi sanksiyalari 22-avgustdan kuchga kiradi
Sputnik

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik Qo‘mitasining doimiy a’zolari bilan AQSh tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi Rossiyaga qarshi qaratilgan sanksiyalar mavzusini muhokama qildi. 

AQSh KXDRga qarshi chora ko‘rish bahonasida Rossiya portlari ustidan nazorat o‘rnatmoqchi

"Shuningdek, Vashington tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan, savdo cheklovlari ko‘rinishidagi yangi nodo‘stona harakatlar mavzusi tilga olindi", - deb ma’lum qildi Putinning matbuot-kotibi.

Bunday harakatlarning xalqaro huquq nuqtayi-nazaridan to‘liq noqonuniyligi qayd etildi, deb bayonot qildi Peskov.

Majlisda Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin, Kreml ma’muriyati rahbari Anton Vayno, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, FSB rahbari Aleksandr Bortnikov qatnashdi.

AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi e’lon qilingan yangi sanksiyalar 22-avgustdan kuchga kiradi.