"O‘zbektelekom" rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi

2018 yilning fevral oyidan avgustigacha bosh direktor lavozimini egallagan Farhod Roziyev kompaniyaning tijorat direktori lavozimiga o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. "O‘zbektelekom" AJ rahbariyatida lavozimiy tayinlanishlar amalga oshirildi. Kompaniya rahbari etib Shuhrat Qodirov tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilmoqda.

Qodirov 2016-2018 yillarda “O‘zbektelekom” bosh direktori lavozimida ishlagan.  2018-yilning fevral oyidan avgustigacha bosh direktor lavozimini egallagan Farhod Roziyev kompaniyaning tijorat direktori lavozimiga o‘tkazildi.

Jamol Maqsudov Yevgeniy Marking  o‘rniga istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlandi.