Sergelidagi “Erkin market” yonib ketdi

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv falokatga sabab bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. 7-avgust kunidan 8-avgust kuniga o‘tar kechasi soat 3:30da Toshkent shahar IIBB YoXB kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish boshqarmasi markaziga “Erkin market” oziq-ovqat magazinida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB axborot xizmati.

Toshkentdagi savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda

Sergeli tumanining Choshtepa ko‘chasida joylashgan ushbu do‘konga o‘t o‘chirish guruhi qisqa vaqtda yetib bordi va yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rildi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 4:39da yong‘in to‘liq bartaraf etildi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv falokatga sabab bo‘lgan. Jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q.