O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 269 km uzoqlikda sharqiy yo‘nalishda Qirg‘iziston Respublikasi hududida qayd etildi.
Sputnik

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 7-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:17da O‘zbekiston Respublikasi hududida er silkinishi qayd etildi.

Juda xavfli ko‘l: Tojikistonda Sarez suvini imkon qadar tezroq sotishni taklif qilishdi

Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 269 km uzoqlikda sharqiy yo‘nalishda Qirg‘iziston Respublikasi hududida qayd etildi.

Zilzila magnitudasi M=5. Zilzila chuqurligi N=5 km.

Zilzila kuchi Toshkent shahrida – 2 ball, Andijonda – 4 ball, Namanganda – 4 ball, Farg‘onada – 3 ball, Gulistonda – 2 ballni tashkil etgan.

Respublikaning boshqa hududlarida zilzila qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.