“Meni juda ajoyib tarzda kutib olishdi. Bu yerga kelib, terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlay boshlashimga nafaqat federatsiya prezidenti va boshqa rahbarlari, balki bevosita davlat rahbarining ham hissasi bor, deb hisoblayman. Qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz. Ko‘zlagan maqsadlarimizning hammasiga birdan erishib bo‘lmaydi. Muvaffaqiyat vaqt talab qiladi. Birinchi navbatda barchamiz bitta g‘oya atrofida birlashgan jamoani shakllantiramiz”, - dedi Ektor Kuper.