Ektor Kuper Toshkentda kutib olindi

Bugunning o‘zida Kuper Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida soat 15:00 da futbol muxlislariga tanishtiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Bugun erta tongda Kuper O‘zbekistonga yetib keldi.

Mutaxassis O‘FA mutasaddilari, OAV vakillari hamda muxlislar tomonidan kutib olindi.

Bugunning o‘zida Kuper Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida soat 15:00 da futbol muxlislariga tanishtiriladi va u bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanda barcha turdagi OAV ishtirok etishi mumkin.

Ektor Kuper Toshkentda kutib olindi

Eslatib o‘tamiz, Kuperning so‘nggi jamoasi Misr terma jamoasi edi. Bunga qadar argentinalik murabbiy Argentinaning "Urakan", "Lanus", Ispaniyaning "Malorka", "Valensiya", "Real Betis", "Rasing", Italiyaning "Inter", "Parma", Turkiyaning "O‘rduspor", Gretsiyaning "Aris", BAAning "Al-Vasl" klublarida, Gruziya (2008-2009) terma jamoasida ham faoliyat olib borgan.