O‘zbekiston Bosh prokuraturasida lavozimiy tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston prezidentining farmoniga asosan Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoniga asosan Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

A.Mavlonov 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Yil boshidan buyon 63 mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi – Bosh prokuratura

2018 yilning fevral oyidan shu vaqtgacha Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining farmoniga asosan Rahimov Dilshod Faxriyevich Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

D.Rahimov 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012-yildan bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Muhamedov Umidjon Salimovich Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U.Muhamedov 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1998-yilda Toshkent harbiy prokuraturasida boshlab, O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2010-yildan bosh prokuratura bo‘lim katta prokurori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Ohangaron tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bosh prokuraturada yangi tayinlov amalga oshirildi

Avval Bosh prokuratura qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan Achilov Jamol Alisherovich Bosh prokuratura qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Achilov 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ish faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligi iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida boshlab, vazirlikda turli lavozimlarda, 2015-yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Avval Bosh prokuratura bojxona va soliq sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.